Škoda Auto
From Wikipedia, the free encyclopedia
Škoda Auto (Skoda deb ham ataladi) — Chexiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi sanaladi. 1895-yilda tashkil etilgan kompaniya Laurin & Klement deb nomlangan boʻlib, bosh qarorgohi Mlada Boleslav (Chexiya) da joylashgan.
Turi | Xususiy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | Automobilsozlik |
Egasi | Volkswagen Group |
Qachon asos solingan | 1895-yil 18-dekabr |
Joylashuvi | location |
Asoschi(lari) | Václav Laurin & Václav Klement |
Rahbariyat |
|
Mahsulot(lar)i | Automobillar |
Aylanma daromadi | € 16.559 milliard (2017)[1] |
Operatsion foydasi | €1.611 milliard (2017)[1] |
Boyligi |
CZK 228.180 milliard (2016)[2] (US$ 8.89 milliard) |
Sof foydasi | 15 175 000 000[3] |
Ishchilar soni | 32,985 (2017)[1] |
Vebsayti | skoda-auto.com |
1925-yilda Laurin & Klementn kompaniyasini Skoda Works sanoat konglomerati sotib olingan va 1944-yilda konglomerat davlat mulki aylangan[4]. 1991-yildan keyin kompaniya asta-sekin xususiylashtirildi va 2000-yilda Skoda Volkswagen guruhining toʻliq tarkibiga kiruvchi shoʻba korxonasiga aylandi.[5]
Skoda rusumli avtomobillar 100 dan ortiq mamlakatlarda sotiladi va 2018-yilda butun dunyo boʻylab sotuvlari 1,25 million donaga yetdi, bu oʻtgan-yilga nisbatan 4,4 foizga koʻpdir. Operatsion foyda 2017-yilda 1,6 milliard evroni tashkil etdi, bu oʻtgan-yilga nisbatan 34,6 foizga koʻp.[6][7] 2017-yil holatiga koʻra, Skodaning foyda tushum koʻrsatkichlari VW Group brendlari orasida Porschedan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi.[8] „SKODA AVTO“ 1895-yilda Chexiyaning Mlada-Boleslav shahrida tashkil etilgan.